Luis Enrike mojaro sabab PSJni erta tark etadigan bo‘lyapti

  • 2 oktabr, 2024, 21:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa etakchisi Usmon Dembele bilan janjallashib qolib, frantsiyalik futbolchini jamoadan chetlatgan edi.

Tecno

Natijada hujumkor futbolchining yo‘qligi jamoa o‘yiniga ta’sir o‘tkazdi va parijliklar Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvda “Arsenal”dan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Mag‘lubiyatdan  keyin ispaniyalik mutaxassisga bosim kuchaydi. Taniqli insayder Muhammad Tubash Luis Enrike mavsum oxirigacha klubda ishlay olmasligini ta’kidlamoqda.

Manbaga ko‘ra, PSJ xo‘jayinlari jamoadagi o‘yinchilar bilan kelisha olmaydigan murabbiyning xizmatlaridan voz kechishi mumkin.

Luis Enrike qo‘l ostida PSJ o‘tgan mavsumda mamlakat chempionligi va Frantsiya kubogini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!