Luis Enrike: "Messi — tarixdagi eng yaxshi futbolchi"

  • 29 iyun, 16:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Lionel Messi haqida samimiy fikrlarini bildirdi. Bugun parijliklar Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida "Inter Mayami"ga qarshi o‘ynaydi. 

Tecno

"Bunday musobaqa uchun bu stadion ideal joy. U erda Leo Messi o‘ynaydigan jamoaga qarshi o‘ynaymiz — u faqatgina "Barsa" muxlislari uchun emas, balki butun dunyo uchun namuna.

Messi — men uchun shubhasiz, tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Uning yillar davomida yuqori darajada o‘ynashi, har 3 kunda maydonga tushishi o‘zining o‘ziga xosligidan dalolat beradi.

"Barselona"dagi uch yil davomida men mashg‘ulotlarda ham Messining qanday mo‘’jizalar yarata olishini ko‘rganman. Bu haqiqiy zavq, unutilmas tajriba edi" — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!