Luchano Spalletti: "Italiya albatta Jahon chempionatiga boradi"

  • 12 oktabr, 16:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luchano Spaletti jamoaning Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Italiya Jahon chempionatiga boradi. Biz bunga ishonamiz.

Futbolchilarimiz kuchli, Gattuzo esa ikki hujumchi bilan to‘g‘ri muvozanatni topdi. Shu usulda u Isroilga qarshi g‘alaba qozondi", – dedi Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luchano Spalletti.

Jamoa JCh–2026 saralash bosqichining "I" guruhida 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘yin esa yana Isroilga qarshi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!