"Lokomotiv" Turkiyada Shimoliy Makedoniya peshqadamini taslim etdi

  • 25 yanvar, 2023, 20:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan "Lokomotiv" navbatdagi sinov-nazorat bahsida maydonga tushdi. Unda "temiryo‘lchilar"ga Shimoliy Makedoniyaning "Struga" klubi qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

"Lokomotiv" safida gollarga Sanjar Qodirqulov va Rustam Soirov mualliflik qildi. Bunga javoban 78-daqiqada raqiblar penaltidan gol urdi. Shundan so‘ng bellashuvda 2:1 hisobi o‘zgarmay qoldi va "temiryo‘lchilar" g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Bundan oldingi bahsda hamyurtlarimiz "Krasnodar-2" jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!