"Lokomotiv" stadionida jamoaning 4 o‘yinchisi 50 nafar bolaga qarshi futbol o‘ynadi

  • 16 aprel, 2019, 19:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, bunday tadbirlar FIFA va OFK miqyosida ko‘plab davlatdarda o‘tkazib kelinadi. Xususan FIFA Forward, AFC Grassroots kabi tadbir shular jumlasidan. Bugungi tadbir ham yosh bolajonlarda futbolga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

“Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan o‘tkazilgan o‘ziga xos futbol kuni festivalida 50dan ziyod bolalar ishtirok etishdi. 2006, 2007, 2010 va 2013 yilda tug‘ilgan bolajonlar qatnashgan tadbir stadionga tashrif buyurgan ota-onalarga ham ma’qul keldi.

IMG_0431

Eng qizig‘i esa bolalarning “Lokomotiv” acosiy tarkib futbolchilari Jamshid Iskanderov, Diyor Turopov, Davron Hoshimov hamda Avazbek O‘lmasaliev bilan futbol o‘ynashgani bo‘ldi. Bunda to‘rt nafar asosiy tarkib futbolchi butun maydon bo‘ylab 50 bolaga qarshi to‘p tepishdi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu tadbir nihoyatda qiziq va bolalarning esida qolarli darajada o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!