
"Lokomotiv" - "Metallurg": O‘zaro o‘yinlarda ustunlik qaysi jamoa tomonda? (Prevyu)
“Metallurg” hamda “Lokomotiv” jamoalari bugunga qadar kuchlilar safida o‘zaro 37 o‘yin o‘tkazgan. Ulardan 6 tasida “Metallurg”ning qo‘li baland kelgan. 12 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 19 o‘yinda esa "temiryo‘lchilar" zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 35:61, toshkentliklar foydasiga.
Mazkur jamoalarning Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvlarida “Lokomotiv” katta ustunlikka ega. 18 ta uchrashuvning 11 tasida "Loko" zafar quchgan. 5 ta bahsda kuchlar teng kelgan. 2 ta o‘yinda “Metallurg” muvaffaqiyatga erishgan.
Toshkentda o‘tkazilgan so‘nggi 5 ta uchrashuvda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
11.05.2021 Lokomotiv – Metallurg – 1:3
15.06.2020 Lokomotiv – Metallurg – 0:3
15.09.2019 Lokomotiv – Metallurg – 1:1
30.10.2018 Lokomotiv – Metallurg – 1:0
09.03.2018 Lokomotiv – Metallurg – 1:1
Fikrlar