«Lokomotiv» - «Dinamo»: Samarqandliklar 10 yillik qora an’anaga chek qo‘ya olishadimi?

  • 29 iyul, 2019, 21:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turning shiddatli o‘tishi kutilayotgan o‘yini Toshkentda, ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshlagan ikki jamoa – “Lokomotiv” hamda “Dinamo” o‘rtasida o‘tishi kutilmoqda. Samarqand jamoasi 1-davrada amaldagi chempionni mag‘lub eta olgandi.

Tecno

Kim qanday holatda?

Amaldagi chempion sanalmish Samvel Babayan boshchiligidagi “Temiryo‘lchilar” 27 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan bo‘lishsa, Davron Fayziev murabbiyligidagi “Dinamo” 18 ochko jamg‘argan holda 8-pog‘onadan joy olgan.

“Dinamo”ning so‘nggi besh turdagi o‘yini:

10-tur. “Dinamo” – “Qizilqum” – 2:2

11-tur. “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” – 2:2

12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” – 2:1

13-tur. “Dinamo” – “Bunyodkor” – 1:2

14-tur. “Bunyodkor” – “Dinamo” – 4:2

“Lokomotiv”ning so‘nggi besh turdagi o‘yini:

10-tur. “Nasaf” – “Lokomotiv” – 0:1

11-tur. “Lokomotiv” – “Surxon” – 5:1

12-tur. “Dinamo” – “Lokomotiv” – 2:1

13-tur. “Lokomotiv” – “So‘g‘diyona” – 2:0

14-tur. “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” – 1:0

Eski tanishlar: Anzur Ismoilov va Jamshid Iskanderov

“Lokomotiv” safidagi aksariyat futbolchilar professional faoliyatini aynan “Dinamo”da boshlagan. Jumladan, “Lokomotiv” va terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilov 15 yil avval aynan “Dinamo” safidagi o‘yinlari bilan tanilgan bo‘lsa, yarimhimoyachi Jamshid Iskanderov ham Oliy Ligadagi ilk uchrashuvlarini 2011 yilda aynan “Dinamo” safida o‘tkazgan. “Dinamo” safida esa avval “Lokomotiv”da to‘p surgan futbolchilar yo‘q.

O‘zaro o‘yinlar: Ustunlik kimda?

“Dinamo” va “Lokomotiv” Oliy Ligada 25 marta to‘qnash kelishgan. “Dinamo” 11 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 3 ta o‘yin durang hisobida yakunlangan. “Lokomotiv” “Dinamo”ni hozirga qadar 11 marta mag‘lub eta olgan. To‘plar nisbati “Loko” tomonida - 36:38. O‘zaro o‘yinlarda “Dinamo” ham, “Lokomotiv” ham 36 ochkodan qo‘lga kiritgan.

“Lokomotiv”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:1 ga teng. “Dinamo”da bu ko‘rsatkich yanada kattaroq – 5:0. 2009 yilgi bahsda Azamat Abduraimov boshchiligidagi «Dinamo» Ilhom Yunusov, Devid Oniya, Andrey Akopyants, Erkin Boydullaev, Bahodir Nasimovlarning Filimonov darvozasiga kiritgan gollari evaziga «Loko»ni 5:0 hisobida mag‘lub etishgan.

O‘zaro so‘nggi uchrashuvlarda Toshkentda qayd etilgan natijalar:

20/06/2017. Lokomotiv – Dinamo - 2:0

26/08/2015. Lokomotiv – Dinamo - 2:1

24/10/2014. Lokomotiv – Dinamo - 1:0

03/05/2013. Lokomotiv – Dinamo - 3:1

03/08/2012. Lokomotiv – Dinamo - 3:1

02/10/2010. Lokomotiv – Dinamo - 2:2

18/08/2009. Lokomotiv – Dinamo - 1:2

17/10/2008. Lokomotiv – Dinamo - 1:2

09/06/2007. Lokomotiv – Dinamo - 1:2

Fakt: 10 yil avval...

«Dinamo» so‘nggi marta bundan 10 yil avval – 2009 yilda Sirojiddin Sayfiev va Bahodir Nasimovlarning goli evaziga “Lokomotiv”ni Toshkentda mag‘lub eta olgandi. Ko‘ramiz, “Dinamo” bu safar 10 yillik noxush an’anani buza olarmikan?

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!