
"Liverpul"ning "Yuventus"dan olgan futbolchisi Chempionlar ligasida qatnashmaydigan bo‘ldi
"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Artur Meloni Chempionlar ligasi uchun ro‘yxatdan chiqarib tashladi. Braziliyalik futbolchi endi mersisaydliklar safida sayyoramizdagi eng nufuzli evrokubok pley-off o‘yinlarida o‘ynamaydi.
Artur mavsum boshida olgan jarohati tufayli hali ham davolanmoqda. Futbolchi tez orada safga qaytishi kutilmoqda, ammo bosh murabbiy Yurgen Klopp Turinning "Yuventus" klubidan ijaraga olingan yarim himoyachining Evropa musobaqalarida jamoa uchun unchalik foydasi bo‘lmaydi, degan xulosaga keldi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida "Liverpul" Madridning "Real"i bilan bahs olib boradi.
Fikrlar