
“Liverpul”ning qarori Muhammad Salohni o‘ylantirib qo‘ydi
“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh amaldagi shartnoma bo‘yicha so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda.
Yozda misrlik hujumchi erkin agentga aylanadi. Saloh o‘ziga bo‘ladigan takliflar ko‘rib chiqishga tayyorligi aytilmoqda.
Biroq taniqli insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, “Liverpul” xo‘jayinlari to‘purarni qo‘yib yubormoqchi emas. Ular o‘yinchiga hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi.
“Liverpul” mutasaddilari Muhammad Salohga 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma taklif qildi. Bu bitim tajribali charm to‘p ustasini “Enfild”da olib qolishi mumkin. Ayrim manbalar Muhammad Salohning kelajagi unga qaysi klublardan va qanday takliflar tushishiga bog‘liqligini ta’kidlamoqda.
Fikrlar