
"Liverpul"ning asosiy posboni qachon safga qaytadi?
"Liverpul"ning 32 yoshli braziliyalik darvozaboni Alison Beker jarohati sabab olti haftani o‘tkazib yuboradi. Bu haqda This Is Anfield nashri xabar bermoqda.
Mersisaydliklar matbuot xizmatidan olingan manbaga ko‘ra, klub noyabrdagi FIFA kunlari oxirigacha darvozabonning safga qaytishini kutmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Alisson Beker 5 oktyabr kuni Londonning “Kristal Pelas” klubiga (1:0) qarshi APL 7-tur uchrashuvida jiddiy jarohat oldi. Uchrashuvning 79-daqiqasida “qizillar” darvozaboni jarohati sabab zaxiraga olindi va uning o‘rniga uchrashuvni chexiyalik darvozabon Vitezslav Yarosh davom ettirdi.
“Liverpul” ortda qolgan 7 turdan so‘ng 18 ochko to‘pladi va APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar