“Liverpul” zo‘r to‘purarga xaridor

  • 29 aprel, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Torino” sharafini bir necha yillardan buyon munosib himoya qilib kelayotgan Andrea Belotti nihoyat, kuchli klubda to‘p tepish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Italiya terma jamoasining 27 yashar  hujumchisi turinliklar bilan kelasi yili yakunlanadigan shartnomani uzaytirmaydi. Shu bois,  “Torino” uni yozda sotib yuborishga majbur.

Turinliklar o‘zining eng zo‘r to‘purarini 30-40 million evroga baholamoqda. Belotti ketsa, uning o‘rniga “Kalyari” hujumchisi Joau Pedru olib kelinadi.

Belottini esa, “Liverpul” kutmoqda. Biroq, Yurgen Klopp tajribali futbolchiga ega bo‘lishi uchun transfer raqobatida “Manchester Yunayted”, “Inter” va “Milan”ni engishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!