“Liverpul” yulduzi klub uni Ronalduning yoniga qo‘yib yubormaganidan g‘azabda

  • 3 fevral, 10:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” urugvaylik hujumchi Darvin Nunes  bo‘yicha “An-Nasr”dan taklif olgan edi. Biroq klub rahbariyati saudiyaliklarning 84 million evrolik taklifini qabul qilmadi.

Tecno

Nunesning o‘zi Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan klub vakillari bilan muzokara o‘tkazishga va kelishuv amalga oshgan taqdirda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirdi.

The Sun nashrining ma’lum qilishicha, Nunes bu transferga to‘sqinlik qilgani uchun “Liverpul” rahbariyatidan g‘azabga kelgan.

“An-Nasr” darrov boshqa hujumchi topdi. Saudiyaliklar Darvin Nunes nomzodidan voz kechib, “Aston Villa” hujumchisi Jon Duranni 77 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!