"Liverpul" Semenoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 20 noyabr, 12:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bornmut" qanot hujumchisi Antuan Semeno faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu ma’lumotni "Indykaila News" nashri tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar "Bornmut"ga Semenoning 73,5 millionlik tovon pulini to‘lashga tayyor. Agar ganalik futbolchining ketishi muqarrar bo‘lsa, "giloschilar" transfer oynasining dastlabki ikki haftasida Semenoning sotilishini to‘xtatmoqchi. Futbolchining o‘zi jamoani tark etib, Chempionlar Ligasi darajasidagi klubga o‘tishni xohlaydi.

Ma’lumot uchun, bu mavsumda 25 yoshli vinger barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!