“Liverpul”: Muhammad Salohning javobini berib Mbappeni olamiz!

  • 17 may, 2022, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” jamoasi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun kurashga qo‘shilmoqchi, deb xabar tarqatdi The Independent nashri.

Tecno

23 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Mbappening o‘zi PSJda qolishini ham, “Real”ga o‘tishini ham e’lon qilgani yo‘q.

Yurgen Klopp bu hujumchining o‘yin uslubini yoqtiradi va uni “Liverpul”ga olib kelmoqchi. “Qizillar” tez orada Mbappe uchun kurashga qo‘shilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Klopp Mbappe uchun Muhammad Saloh yoki Sadio Manedan voz kechishga rozi bo‘ldi. Bu afrikalik ikki o‘yinchi bir yildan keyin yakunlanadigan bitimini uzaytirishga ko‘nmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!