“Liverpul” Muhammad Saloh bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 9 aprel, 2024, 16:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”da yozda katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu bosh murabbiy Yurgen Klopp jamoani topshirishi bilan bog‘liq.

Tecno

Germaniyaning mutaxassisning o‘rnini egallaydigan murabbiy tarkibni o‘ziga moslab tuzishi kundek ravshan.

Buni inobatga olgan “Liverpul” rahbariyati jamoaning eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh bilan yangi shartnoma tuzishga qaror qildi.

Agar misrlik forvard 2025 yili yozda yakunlanadigan bitimni uzaytirishni istamasa, klub mutasaddilari uni yozda qimmatroq narxga sotib yuboradigan bo‘lyapti.

Muhammad Salohga Saudiya Arabistoni klublar jiddiy qiziqish bildiryapti.  Liverpulliklar bundan foydalanib, o‘z o‘yinchisini imkon qadar qimmatroq narxga sotishga harakat qiladi. O‘tgan yili “Al-Ittihod” forvard uchun 130 million evro taklif qilib, rad javobini olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!