"Liverpul" hujumchisidan voz kechdi

  • 6 yanvar, 17:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunesdan qishki transferlar oynasida qutilmoqchi. 
 
"AC Milan TMN" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, urugvaylik futbolchi Slotning klubidagi o‘rnidan norozi. Shu bois, transferlar oynasida Angliyani tark etish haqida o‘ylamoqda. Manbaning xabar berishicha, hozirda hujumchi uchun Italiyaning "Milan" klubi asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. 
 
So‘nggi kunlarda milanliklar ham chempionlik kurashiga kirish uchun yangi hujumchi sotib olishni reja qilayotgan edi. Mazkur transferga italiyaliklar 40 million evro to‘lashga tayyorligini bildirgan. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli forvard bu mavsum 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 65 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!