
"Liverpul" futbolchisi xet-trik qayd etgan o‘yinda Gollandiya yirik hisobda g‘alaba qozondi
Evro-2020 saralash bosqichining so‘nggi turida Gollandiya o‘z maydonida Estoniyani qabul qildi va g‘alabani tantana qildi.
Gollandiya – Estoniya 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 6 Veynaldum, 2:0 – 18 Ake, 3:0 – 66 Veynaldum, 4:0 – 78 Veynaldum, 5:0 – 87 Boadyu.
Gollandiya – Sillessen, Ake, van Anxolt, de Ligt, Propper, de Yong (Strotman, 75), Stengs, Veynaldum, Promes, de Yong (Vegorst, 63), Depay (Boadyu, 46).
Estoniya – Lepmets, Mets, Tamm, Teniste (Baranov, 61), Kallaste, Vasilev, Aynsalu, Antonov, Oyamaa (Kyayt, 83), Sorga, Zenev (Liyvak, 76).
Fikrlar