"Liverpul" futbolchilari Arnold uchun xayrlashuv ziyofati uyushtirishdi

  • 14 may, 16:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" futbolchilari jamoadoshi Trent Aleksandr-Arnoldning klubdan ketishi munosabati bilan maxsus ziyofat uyushtirishdi. DaveOCKOP nashrining xabar berishicha, ayrim o‘yinchilar "Arsenal"ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng Dubayga uchib ketishgan.

Tecno

Ushbu safar jamoa uchun faqat dam olish emas, balki Aleksandr-Arnold bilan xayrlashuv marosimi sifatida ham tashkil etilgan. Futbolchilar, jumladan, jamoa sardori Virjil van Deyk, dengizda yaxtada hordiq chiqarayotgan videolarni ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilar Dubayda bir haftacha qolishadi va juma kuni klub bazasiga qaytishadi. "Liverpul" APLning 37-turida do‘shanba kuni "Brayton"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!