"Liverpul" frantsiyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 29 mart, 2023, 21:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liveprul" yozgi transferlar oynasida himoyadagi muammolarni hal qilmoqchi. Shu sababli, mersisaydliklar "Ayntraxt" futbolchisi Evan Ndikani o‘z safiga qo‘shib olishni istaydi, deya xabar bermoqda "The Mirror" nashri. 

Tecno

23 yoshli frantsuzning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Ammo tomonlar hali yangi bitim borasida kelishib olmagan. Bu esa futbolchini Germaniya klubini tark etish ehtimoli yuqori ekanligini bildiradi.

Ndika uchun kurashda "Barselona" ham mavjud. Kataloniyaliklar ham himoyachini erkin agent sifatida olib kelmoqchi.  Agarda Ispan grandi moliyaviy holatini yaxshilay olsa, ushbu transferda yutib chiqish imkoni ko‘proq. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!