"Lion" - "Bavariya" o‘yini haqida siz bilmagan 8 ta fakt

  • 19 avgust, 2020, 19:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chorak finalda furor ko‘targan har ikkala klub bugun kim kuchli ekanligiga oydinlik kiritib oladi. Aslida, myunxenliklarning natijasi bir qarashda sensatsiya emas, ular "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan favorit edi. Ammo Messi boshchiligidagi jamoani 6 ta gol farqi bilan yutgan ilk jamoa aynan "Bavariya" hisoblanadi. "Lion" esa ortda qolgan bosqichda "Manchester Siti"ni mahf etdi. Bu natijani ham eng optimistik muxlislar-da taxmin qilgani dargumon.

Tecno

0

Demak, "Lion" va "Bavariya"dan barcha narsani kutish mumkin. Quyida esa ushbu bahs haqida 8 ta qiziqarli ma’lumotni e’tiboringizga havola qilamiz:

1. "Bavariya" "Lion"ga qarshi kechgan so‘nggi 3 uchrashuvda g‘olib bo‘lgan. Oxirgi bor UEFA Chempionlar Ligasi 2009/2010 yilgi mavsum xuddi shu bosqichdagi ushbu jamoalar qarama-qarshiligida myunxenliklar 2 ta bahsni ham o‘z hisoblariga hal qilib, yakunda final chiptalariga ega chiqishgan.

1

2. "Qizillar" Chempionlar Ligasi kuchli to‘rtligiga umumiy hisobda 12 bor chiqa olgan. Bu borada faqat 13 marta bu ishni uddalagan "Real" ulardan oldinda. Endi Flik shogirdlari o‘zlarining 6-tituli uchun kurashni davom ettiradi.

3

3. "Bavariya" ushbu mavsum Chempionlar Ligasida ketma-ket 9 uchrashuvdan beri faqat g‘alaba qozonib kelmoqda. Qizig‘i, bu o‘yinda zafar quchish orqali Flik shogirdlari o‘zlarining 2013 yilgi natijasini takrorlashi, agar finalda ham g‘olib bo‘lsa, musobaqa mutlaq rekordini o‘rnatishi mumkin. "Lion"da esa "Yuventus" va "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g‘alabalar mavjud.

2

4. Chorak finalda kiritilgan 8 to‘p myunxenliklar bu mavsumda sermahsullik borasida super natija qayd etayotganini isbotlab turibdi. Chempionlar Ligasi tarixida "Barselona" 45 aniq zarba bilan bir mavsumda eng ko‘p gol urgan klub hisoblanadi. Ammo kataloniyaliklar bu natijaga 16 o‘yinda erishgan. "Bavariya" esa bu rekordni yangilashi mumkin.

4

5. Levandovskining navbatdagi o‘ljasi "Lion" va Antonio Lopesh. Polshalik hujumchi mavsum davomida o‘zi harakat qilgan barcha o‘yinlarda gol urmoqda. Raqib xoh "Chelsi" bo‘lsin, xoh "Barselona". Demak, superforvard bugun gollari natijasini yana yaxshilab olishi mumkin. Aytgandek, 14 ta to‘p kiritgan Robert tomonidan kiritilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy 3 gol uni amaldagi rekordchi Ronaldudan oldinga olib chiqadi.

5

6. "Qizillar" ustozi Xans-Diter Flik mavsum yarmida jamoani qabul qilib olgan holda, chempion bo‘lish imkoniyatiga ega. "Lion" murabbiyi Rudi Garsiya esa 2004 yildan beri frantsuz klubini Chempionlar Ligasi finaliga etaklagan ilk frantsiyalik mutaxassis bo‘lishi mumkin.

6

7. Har ikki jamoada ham zaxiradan maydonga qo‘shilib, o‘yin taqdirini butkul o‘zgartirib yubora oladigan o‘yinchilar etarli. Masalan, chorak finalda Filippe Koutino ham, Mussa Dembele ham 75-daqiqadan keyin o‘yinga qo‘shilib, dublni rasmiylashtirgan edi.

dembele

8. Myunxenliklarning uchrashuv o‘tkaziladigan "Joze Alvalade" stadioni bilan bog‘liq ajoyib xotiralari mavjud. Ya’ni, ular ushbu o‘yingohda kechgan oxirgi 9 bahsdan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Darvoqe, "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alaba ham aynan shu maydonda sodir bo‘lgan edi.

8

Javohir Azimov tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!