Lingard "Nottingem Forest"ga ham kerak bo‘lmay qoldi

  • 2 iyun, 2023, 19:40
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Nottingem Forest" klubi yozda jamoa bilan yangi shartnoma imzolamaydigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda "Manchester Yunayted"dagi o‘yinlari bilan tanilgan futbolchi Jessi Lingard ham bor. 

Lingard joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida atigi 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu bellashuvlarda 2 gol va 2 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shuningdek, ro‘yxatdan Andre Ayyu, Kafu, Jordan Smit, Jek Kolbek, Layl Teylor kabi futbolchilar o‘rin olgan. Serj Ore klub bilan yana bir yillik kelishuvga erishgan bo‘lsa, "Nottingem Forest" safida ijara asosida harakat qilgan Kris Vud yozda to‘liq sotib olinadi. 

Ma’lumot o‘rnida, "o‘rmonchilar" joriy mavsum APLda 38 ochko bilan 16-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!