
Liga 1. "Lans" yirik hisobda zafar quchdi
Frantsiya chempionatining 10-turida "Lans" "Nantes"ni o‘z maydonida qabul qilib, 4:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yinda Sotoka dubl qilgan bo‘lsa, Medina va Aynaui bittadan gol urdi. Husanov esa zaxirada qoldirildi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Lans" turnir jadvalida 9-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar