Liga 1. Husanov to‘liq o‘ynagan uchrashuvda "Lans" yirik hisobda g‘alaba qozondi.

  • 25 noyabr, 2023, 23:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining 13-turida "Lans" "Klermon" mehmoni bo‘lib, 0:3 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Dastlab, Vaxi 11-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi taym boshida Tomasson oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 82-daqiqada esa Said hisobni yiriklashtirdi. Husanov ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq o‘ynadi va bitta sariq kartochka oldi. 

Shu tariqa, "Lans" 3 ochko qo‘lga kiritib, 6-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!