Levandovskining agenti uni "Real"ga taklif qildi
"Bavarich" klubi hujumchisi Robert Levandovskining agenti Pini Zaxavi mijozining boshqa jamoaga o‘tishi bo‘yicha ish olib bormoqda.
Ispan nashrlarining yozishicha agent 31 yoshli polshalik futbolchining xizmatlarini “Real”ga taklif qilgan. Hozircha “qirollik klubi” bu taklifga qanday javob qaytargani ma’lum emas va ushbu transferning amalga oshish ehtimoli ham juda kam. Chunki, madridliklarning asosiy transfer maqsadi PSJ forvardi Kilian Mbappe hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Levandovski joriy mavsum “Bavariya” safida jami 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 20 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar