Levandovski 10 mavsumda xet-triklar soni bo‘yicha etakchiga aylandi
"Barselona" forvardi Robert Levandovski La Liganing 12-turida "Selta" (4:2) darvozasiga uchta gol urib, so‘nggi 10 mavsumdagi barcha o‘yinlarda xet-triklar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi. Jamoalar Ispaniyaning Vigo shahridagi "Abanka Balaidos" stadionida o‘ynashdi.
Polshalik hujumchi 556-o‘yinda 26-xet-trik qayd etdi. Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu hisobida jami 413 ta o‘yinda 23 ta xet-trik qilgan. "Barselona"ning sobiq a’zosi Lionel Messida ham shuncha, ammo argentinalik futbolchi undan 38 ta ko‘p o‘yin o‘tkazgan. Ikkinchi o‘rinda "Bavariya" forvardi Xarri Keyn (558 o‘yin, 25 xet-trik) bormoqda.
Oxirgi 10 mavsumda xet-trik bo‘yicha etakchilar:
1. Robert Levandovski ("Barselona") - 556 o‘yin, 26 xet-trik.
2. Xarri Keyn ("Bavariya") - 558 o‘yin, 25 xet-trik.
3. Krishtianu Ronaldu ("An-Nasr") - 413 o‘yin, 23 xet-trik.
4. Lionel Messi ("Inter Mayami") - 451 o‘yin, 23 xet-trik.
5. Kilian Mbappe ("Real") - 536 o‘yin, 23 xet-trik.
6. Erling Xoland ("Manchester Siti") - 296 o‘yin, 21 xet-trik.
Keyingi o‘rinlarda 10 ta xet-trik qayd etgan hujumchilar Serxio Aguero (252 ta o‘yin), Luis Suares (367 ta), Vissam Ben-Edder (388 ta) va Per-Emerik Obameyang (408 ta) bormoqda.



Fikrlar