
"Lester" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi
"Monako" klubi yarim himoyachisi Yuri Tilemans rasman "Lester" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli belgiyalik futbolchining transferi “tulkilar”ga 45 mln evroga tushgan. E’tiborlisi, Tilemans shu tariqa “Lester” tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. U yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Tilemans yakunlangan mavsumning ikkinchi qismini “Lester”da ijarada o‘tkazdi va 13ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar