"Lester" Jordan Ayyuni o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 25 avgust, 2024, 18:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gana milliy terma jamoasi va Angliyanig "Kristal Pelas" klubi futbolchisi Jordan Ayyu "Lester"ga ko‘chib o‘tdi. 

Tecno

London jamoasi 32 yoshli hujumchisini 5 million funt sterling evaziga sotdi. Yana 3 million funt bonuslar sifatida beriladi. Ganalik futbolchi "tulkilar" bilan 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. 

Eslatib o‘tamiz, Ayyu o‘tgan mavsum APLning 35 ta o‘yinida maydonga tushgan va hisobiga 4 ta gol urgan, 7 ta golli uzatmani qo‘shib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!