
"Lester" gollar shousida "Byornli"dan ustun keldi (video)
Angliya premer-ligasining 2-turida “Lester” o‘z maydonida “Byornli”ni qabul qildi va 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
“Tulkilar” safida gollarni Xarvi Barns (20'), Jeyms Jastin (61') va Dennis Prat (79') kiritdi. Yana bir golni esa raqib futbolchisi Erik Piters o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar