
"Lester" futbolchisi uchun APLning yana bir grandi kurash boshladi
"Manchester Yunayted" klubi yozgi transferlar davrida "Lester" xavbeki Jeyms Meddisonni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
The Independent nashri tarqatgan xabarga qaraganda "qizil iblislar" 22 yoshli futbolchining transferi masalasida muzokaralarni boshlashgan. MYu ushbu futbolchini 65 million evroga sotib olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Meddisonga “Tottenxem” ham qiziqib qolgani va “shporlar” 80 mln evro evaziga bo‘lsa ham uni sotib olmoqchi ekanliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.
E’tiborlisi, agar “Tottenxem” ushbu xaridni amalga oshirsa, bu klub tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Lester” Meddisonni 2018 yil Shotlandiyaning “Aberdin” klubidan 25 mln evro evaziga xarid qilgan edi. U o‘tgan mavsum 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar