
Legionerlarimiz. Norchaev bir taym o‘ynagan bahsda "Alaniya" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
MFL 19-turidan o‘rin olgan "Alaniya" - "Ximki" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mehmonlarning 4:1 g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘zbekiston U23 terma jamoasi a’zosi Husain Norchaev o‘yinni ilk daqiqalardan boshladi va ikkinchi bo‘lim boshidayoq zaxiraga olindi.
Ma’lumot uchun, vladikavkazliklar ayni damda 31 ochko jamg‘arib turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar