Legionerlarimiz derbisi. Galiulin Denisovning ishini qiyinlashtirib qo‘ydi

  • 5 dekabr, 2020, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Milliy futbol ligasinin 26-turida o‘zbekistonlik legionerlar to‘p tepayotgan jamoalar – “Nefteximik” va “Tom” o‘zaro kuch sinashdi.

Tecno

Bungacha ettita uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan “Nefteximik” jamoasi nihoyat noxush seriyaga barham berdi. Galiulin sardorlik qilgan jamoa bosh murabbiyi Yuriy Utkaulbaev yosh yarim himoyachimiz Bobir Davlatovni ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi.

Ligada joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Tom”ni maydonga sardor sifatida Vitaliy Denisov boshlab tushdi. Ikki hamyurtimiz sardorligidagi to‘qnashuv mezbonlarning ustunligida o‘tdi.

Shu kuni Bobir Davlatovning o‘yini umuman qovushmadi. Natijada “Nefteximik” bosh murabbiyi o‘zbekistonlik yarim himoyachini 33-daqiqada zaxiraga oldi. Bu bir daqiqadan keyin o‘z samarasini berdi. 34-daqiqada Davlatovning o‘rniga o‘yinga qo‘shilgan Danil Klenkin golli vaziyatda ishtirok etdi.

Oradan yana ikki daqiqa o‘tib, nijnekamenskliklar hujumchisi Merabi Uridiya jamoasining ikkinchi golini urdi - 2:0.

Faol o‘yini bilan muhim g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan Galiulin 80-daqiqada zaxiraga olindi.  

“Tom” tarkibida to‘liq to‘p tepgan Vitaliy Denisov harchand harakat qilmasin, jamoasini navbatdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. Hozircha 26 ta uchrashuvda atigi 17 ochko jamg‘argan “Tom” qiyin vaziyatga tushib qolgan. Jamoa deyarli har o‘yinda ochko yo‘qotyapti. Asosiy raqobatchilarning aksariyati esa tomskliklardan yuqoriga qarab uzoqlashib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!