
Legionerlarimiz. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosi o‘ynaydi
Bugun xorijda harakat qilayotgan bir nechta legionerlarimiz ham o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.
Yaqinda legionerga aylangan Azizbek Turg‘unboev jamoasi "Sivasspor" Turkiya chempionati 27-turi doirasida "Pendikspor"ni qabul qiladi. O‘yin 15:30da boshlanadi.
Jasurbek Yaxshiboev va Shahboz Umarov "Ordabasi" bilan Qozog‘iston Superkubogi doirasida "Tobol" bilan kurashadi. Bu bahs 17:00da boshlanadi.
Bugun Frantsiya chempionatining 23-turi bellashuvlari davom ettiriladi. Abduqodir Husanov sharafini himoya qilayotgan "Lans" o‘z uyida "Monako"ni qabul qiladi. Bu uchrashuv hushtagi 17:00da chalinadi.
Osiyo kubogidan so‘ng BAA chempionati vakili "Al Vahda"ga ko‘chib o‘tgan Hojimat Erkinov jamoasi ham bugun o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Raqib "Al Bataex". Uchrashuv vaqti 18:30da. Bundan tashqari, BAA chempionatida yorqin o‘ynayotgan Azizjon G‘aniev klubi "Shabab Al-Ahli" ham chempionatdagi bahsini o‘tkazadi. Bu match ham 18:30da boshlanadi.
Fikrlar