
Legionerlarimiz. Azizbek Turg‘unboev 9-tur ramziy jamoasiga kiritildi
Turkiya Superligasi 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu turda ham o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z klublari safida o‘zlarini ko‘rsatishdi.
"Rizespor" "Bordum" mehmoni bo‘ldi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. Husniddin Aliqulov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 81-daqiqada zaxiraga olindi.
"Sivasspor" esa "Xatayspor"ni qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alabani tantana qildi. Azizbek Turg‘unboev 10-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, ikki golga assistentlik qildi. Legionerimiz 9-tur ramziy jamoasiga kiritildi.
Fikrlar