
Lazizbek Mullajonov: "Murabbiylar yakuniy nuqtani sen qo‘yasan dedi"
Xabaringiz bor, kuni kecha Qozog‘istonda boks bo‘yicha "Elorda" kubogi o‘z yakuniga etdi. Mazkur turnirda og‘ir vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Lazizbek Mullajonov barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Biz ushbu bokschimiz bilan bog‘lanib, turnir taassurotlari va professional boksdagi jangi haqidagi savol bilan murojaat qildik.
- Avvalo, Qozog‘istondagi muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
- Raxmat.
-Final jangida dastlabki raunddan raqibni katta ustunlik bilan mag‘lub etishga harakat qildingiz...?
- Albatta, finalga uch kishi chiqqan edik. Saidjamshid hamda Asilbekka jangni berishmaganidan keyin, murabbiylar yakuniy nuqtani sen qo‘yasan deyishdi. Motivatsiya oshib ketdi. Shukrki, buni uddalay oldik.
- Bunga baribir raqibni yaxshi o‘rganganligingiz ham asosiy sabab bo‘ldi, to‘g‘rimi?
- Ha, biz avvalroq Qozog‘istonning Almati shahrida o‘quv-mashgulot yig‘inida ishtirok etgandik va ular bilan sparringlar o‘tkazib, juda yaxshi o‘rganganligimiz qo‘l keldi.
- Professional boksdagi jangingiz ham ma’lum bo‘ldi. Ushbu jangga qay darajada tayyorsiz?
- To‘g‘ri, raqibim va jang sanasi aniq. Chiptalar ham tayyor. Faqat shartnomalarda ba’zi kelishmovchiliklar ham bor. Barchasi tez orada aniq bo‘ladi. Agar, kelisha olsak, jang qilamiz!
Fikrlar