
"Latsio" "Paxtakor" murabbiyini Rimga chaqirdi
Italiyaning "Latsio" klubi "Paxtakor"ning darvozabonlar bo‘yicha murabbiyi Denis Ivankovni malaka oshirish uchun Rimga chaqirdi. Bu haqda mutaxassis o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etish lozim, Denis Ivankov ayni damda O‘zbeksiton terma jamoasi darvozabonlarining ham murabbiyi hisoblanadi. Shuningdek, u O‘zbekistonning ko‘plab klublarida shu vazifani bajargan.
Fikrlar