Laportaning maslahatchisi hakamning qaroridan norozi

  • 28 aprel, 16:33
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laportaning maslahatchisi Enrik Masipning fikricha, jamoa Ispaniya Kubogi finalida 2 ta penalti tepishga haqli edi.

Tecno

O‘yinning 43-daqiqasida "Barsa" yarim himoyachisi Dani Olmo burchakdan to‘p uzatganda, to‘p uchun Pau Kubarsi va Dani Sebalos kurashayotgan edi. Kubarsi to‘pni "Real" darvozasining bo‘sh qismiga kiritishi mumkin edi, biroq, Sebalos bilan kurashda yiqildi. Hakam Rikardo de Burgos Bengoechea bu holatda qoida buzilishini ko‘rmadi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shilgan 4-daqiqada madridliklar himoyachisi Antonio Ryudiger jarima maydonida "Barsa" hujumchisi Ferran Torresning oyog‘iga tepdi. Torres maydonga yiqildi. Bosh hakam bu holatda ham qoidabuzarlikni qayd etmadi.

- Mening nazarimda, ikkita penalti berilishi kerak edi. Ferrandagi penalti menga aniq ko‘rindi, ikkinchisi esa Kubarsining ushlab olinishi edi.

Final atrofidagi barcha bahslar fonida uning o‘n bir metrlik jarima to‘pi bilan yakunlanishini kim ham tasavvur qila olardi? - dedi prezident maslahatchisi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya kubogining final bahsida "Barselona" 3:2 hisobida "Real Madrid"ni mag‘lub etdi va turnir g‘olibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!