Laporta: “Sizlar boshingizni baland ko‘tarib ketishingiz mumkin”

  • 7 may, 15:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi yarim finalida “Inter”ga mag‘lub bo‘lganidan (3:4, birinchi o‘yin – 3:3) so‘ng “Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoa futbolchilarini qo‘llab-quvvatladi.

Tecno

AS nashrining yozishicha, Laporta o‘yindan so‘ng kiyinish xonasiga kirgan va futbolchilarga hech qanday tanqid yoki uqtirishlar aytmagan. Aksincha, u ularning xarakterini va harakatini yuqori baholagan:

– Sizlar boshingizni baland ko‘tarib ketishingiz mumkin, muxlislar sizlardan juda faxrlanishmoqda, – degan Laporta.

Klub rahbari kelasi mavsumga ham ishonch bildirib, quyidagilarni qo‘shimcha qilgan:

– Biz buni yana amalga oshiramiz va yanada yaxshiroq ishtirok etamiz, - deya futbolchilarga dalda bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!