
Laporta “Barsa” fanatlariga syurpriz va’da qildi
“Barselona” yozgi transferlar mavsumini juda samarali o‘tkazdi. Klub mutasaddilari bosh murabbiy Xavi Ernandesga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarning aksariyatidan qutildi va ularning o‘rniga bir necha zo‘r futbolchilarni olib keldi.
Kataloniyaliklar yozgi transferlar mavsumini Ektor Belerin va Markos Alonsoni o‘z safiga qo‘shib olish bilan yopdi.
Shunga qaramay, klub prezidenti Joan Laporta muxlislarni yana bir ajoyib syurpriz kutib turganini aytdi.
- Alonso va Belerin transferlari rasmiylashtirildi. Lekin muxlislarimizni yana bir ajoyib syurpriz kutmoqda, - dedi Joan Laporta.
“Barselona” Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Sevilya” mehmoni bo‘ladi. O‘yin 3 sentyabrga belgilangan.
Fikrlar