
Lamin Yamal Chempionlar ligasining ilk turida maydonga tushmaydi
"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal jarohati sabab Chempionlar ligasining ilk turida "Nyukasl"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, futbolchi asta-sekin sog‘ayib bormoqda, biroq hali to‘liq tiklanmagan. Yamal o‘zini ancha yaxshi his qilayotgan bo‘lsa-da, payshanba kungi o‘yinda maydonga tushishga tayyor emas. Shifokorlar uning ahvolini kuzatishda davom etmoqda, ammo futbolchi tez orada safga qaytishi kutilmaydi.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli vinger FIFA kunlari davomida Ispaniya terma jamoasi safida belidan jarohat olib, klubga qaytgandi. Bu holat bosh murabbiyi Hansi Flikni ham jiddiy ranjitgan edi.
Fikrlar