Lamin Yamal Chempionlar ligasida “yosh bolalar” rekordini o‘rnatdi

  • 10 dekabr, 13:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lamin Yamal Chempionlar ligasi tarixida 18 yosh va undan kichik futbolchilar orasida eng samarali o‘yinchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Tecno

18 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqich oltinchi turida “Ayntraxt”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Jyul Kundening goliga assistentlik qildi va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Lamin Yamal “Barselona” tarkibida o‘ynab Chempionlar ligasida o‘ynab kelayotganidan beri 14 ta samarali harakatni amalga oshirgan. Ya’ni, uning hisobida ettidan gol va assist bor va hali yozgacha bu statistikani yaxshilash imkoni ega.

Avvalgi rekord ayni paytda “Real” sharafini himoya qilayotgan Kilian Mbappega tegishli edi. Frantsiyalik futbolchi “Monako” va PSJda o‘ynab yurgan kezlari 18 yoshigacha Chempionlar ligasida 10 ta gol va uch ta assist bilan 13 ta samarali harakatni amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!