
La Ligada vaqtincha peshqadam o‘zgardi
La Liga 10-turidan o‘rin olgan "Sevilya" - "Levante" uchrashuvi yakuniga etdi. 8 ta gol urilgan o‘yinda mezbonlar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Andalusiyaliklar safida Torres, Rafa Mir, Diego Karlos, Munir va Fransisko gol urdi. "Levante"dan Morales dubl qayd etgan bo‘lsa, Melero bir gol muallifiga aylandi.
Ushbu natijadan so‘ng "Sevilya" La Liga turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. "Levante"da hozircha 5 ochko bor va ular 19-o‘rinni egallagan.
Fikrlar