
La Liga. "Real" 36 ta zarba berib, raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi
La Liga 18-turidan o‘rin olgan "Real" - "Kadis" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda 0:0 hisobi qayd etildi.
Qayd etish lozim, "qaymoqranglilar" o‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘ldi. Ular ushbu uchrashuvda umumiy 36 ta zarba berdi. Shularning 9 tasi raqib darvozasiga aniq bordi. Biroq raqib darvozasi ishg‘ol qilingani yo‘q.
Ushbu durangdan so‘ng "qirollik klubi" hisobidagi ochkolar soni 43 taga etdi va ular La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. 14 ochkosi bor "Kadis" 19-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar