La Liga "Real", "Barsa" va "Atletiko"ni musobaqadan chetlatmaydi, chunki...

  • 20 aprel, 2021, 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona", "Real" va "Atletiko" klublari Ispaniya chempionatida ishtirok etishda davom etadi.

Tecno

Cope nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, La Liga rahbariyati garchi ushbu jamoalar Evropa Superligasiga qo‘shilgan bo‘lsa ham, ularni chempionatdan chetlatmoqchi emas. Gap shundaki, Ispaniya futboli mutasaddilari Superliga loyihasini amalga oshmasligiga ishonmoqda.

Bundan avvalroq UEFA Superligada ishtirok etadigan klublar futbolchilarini terma jamoa miqyosidagi musobaqalarda qatnashishini taqiqlashini ma’lum qilgan edi. Superliga prezidenti Florentino Peres esa UEFA hech qachon bunday qilolmasligini aytdi.

Hozircha Superligada ishtirok etadigan 12 ta klub nomi ma’lum. Musobaqa avgustda boshlanishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!