
La Liga qoidalariga o‘zgartirish kiritildi
Yangi mavsumdan boshlab La Liga klublari futbolchida miya chayqalish holati kuzatilgan taqdirda 6-almashtirishni amalga oshirishi mumkin. Jarima maydonchasidagi penaltilar talqini o‘zgaradi, kichik kontaktlar uchun jarima belgilanmaydi.
2024/25 yilgi mavsum uchun La Liga qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani e’lon qilindi.
Keyingshi mavsumdan boshlab jamoalar o‘yinchining miyasi chayqalgan taqdirda qo‘shimcha oltinchi almashtirishni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun shifokor boshi jarohatlangan futbolchini o‘yinni davom ettira olmasligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Qolaversa, yangi mavsumdan boshlab faqat jamoa sardori hakamga tushuntirish uchun murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Shunga o‘xshash qoida oxirgi "Evro-2024"da qo‘llanilgan edi.
Fikrlar