
La Liga klubida yaqin kunlar ichida iste’fo bo‘lishi kutilmoqda
Ispaniyaning “Sevilya” klubi Xulen Lopetegini ishdan bo‘shatishga yaqin kelmoqda. Klub Chempionlar Ligasining navbatdagi turida Dortmundning “Borussiya” klubi bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv katta ehtimol bilan Lopetegi uchun so‘nggisi bo‘lishi kutilmoqda.
Hulen 2019 yildan buyon klubni boshqarib kelmoqda. U joriy mavsum yomon natijalar bilan jamoa egalarining ishonchini yo‘qotgan. “Sevilya” barcha chempioanatlarda 9 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta g‘alaba qozondi, 3 durang va 5 marta mag‘lubiyatga uchradi.
“Marca” nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Sevilya” Lopetegi o‘rniga murabbiy topgan. Bu - Xorxe Sampaoli. U 2017/2018 yilgi mavsumda ham ushbu klubni boshqargan. Bundan tashqari murabbiy “Marsel”, Argentina va Chili kabi terma jamoalarni ham boshqargan.
Fikrlar