
La Liga. Chempion jamoa va autsayder o‘rtasidagi bahsda nima bo‘lganini ko‘ring
La Liga 36-turidan o‘rin olgan "Real" - "Levante" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari yirik 6:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Qirollik klubi" safida Vinisius xet-trik qayd etdi. Shuningdek, Benzema, Rodrigo hamda Mendi o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Shunday qilib, La Liga chempionlari hisobidagi ochkolari sonini 84 taga etkazib oldi. 29 ochkosi bor "Levante" so‘nggi pog‘onani band etgan.
Fikrlar