La Liga. Bilbaoliklar ishonchli tarzda g‘alaba qozondi

  • 8 mart, 2022, 03:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga 27-turidan o‘rin olgan "Atletik" - "Levante" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Bilbaoliklar tarkibida Vesga, Uilyams va Sarraga gol urishga erishdi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda de Frutos hisobni biroz qisqartirdi. 

Shu tariqa, Toral shogirdlari hisobidagi ochklar sonini 40 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular Ispaniya chempionati turnir jadvalida 8-pog‘onani band etib turibdi. 18 ochkosi bor "Levante" so‘nggi o‘rinda bormoqda. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!