
La Liga. "Barselona" va "Jirona"dan g‘alaba, "Atletiko" esa mag‘lubiyatga uchradi
La Liganing 37-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi.
"Barselona" o‘z maydonida "Rayo Valekano"ni engdi. O‘yinda Pedri dubl qilgan bo‘lsa, Levandovski bitta gol urdi.
Kataloniyaliklar turnir jadvalidagi 2-o‘rinni naqd qildi. "Rayo Valekano" esa 16-pog‘onaga joylashdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum

Barselona
- R. Lewandowski 3'
- Pedri 72'
- Pedri 75'
19.05.2024 22:00

Rayo Valekano
"Atletiko" "Osasuna"ni mehmon qilib, mag‘lubiyatga uchradi. Dastlab, Garsiya va Orozlar bittadan gol urishib, farqni ikkitaga oshirib qo‘yishdi. Morata esa hisobni qisqartirgandi, lekin mezbonlar darvozasi yana ikki bora ishg‘ol qilindi.
Ushbu bahsdan keyin madridliklar mavsumni 4-o‘rin bilan yakunlaydigan bo‘ldi. "Osasuna" bo‘lsa 11-pog‘onaga chiqib oldi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum

Atletiko Madrid
- Álvaro Morata 55'
19.05.2024 22:00

Osasuna
- Raúl García 26'
- Aimar Oroz 52'
- Raúl García 64'
- Lucas Torró 88'
"Jirona" safarda "Valensiya" ustidan zafar quchdi. Savo va Dovbik o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Yarek o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. So‘nggi daqiqalarda Pepelu javob qaytardi.
Shu tariqa, Kataloniyaliklar 3, "ko‘rshapalaklar" esa 9-o‘rinda qoladigan bo‘ldi.
Fikrlar