
La Liga. "Barselona" qiyin o‘tgan bahsda "Sevilya"ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
La Liga 30-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Sevilya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "ko‘k-anorranglilar" 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi yagona gol 72-daqiqada Pedri tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Xavi shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 57 taga etkazib olgan holda, La Liga turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Xuddi shuncha ochkoga ega "Sevilya" to‘plar nisbatiga ko‘ra "Atletiko" va "Barsa"dan ortda qolmoqda.
Fikrlar