
KXDR - O‘zbekiston. Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi
Ertaga "JCh-2026" saralashining 6-turi doirasida KXDR - O‘zbekiston jamoalari bahs olib boradi.
Jamoalar o‘rtasidagi 1-turdagi o‘yinda terma jamoamiz Masharipovning yagona goli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Bir necha mashhur saytlar ertangi uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e’lon qildi.
"SPORTSKEEDA" nashri mazkur bahsda terma jamoamizning g‘alabasiga ishonmoqda: KXDR 0:1 O‘zbekiston
"Sporticos" esa tomonlarning durangga imzo chekishini tahmin qilmoqda: KXDR 0:0 O‘zbekiston
"Footballpredictions" nashrining yozishicha minimal ustunlikda mehmonlarning qo‘li baland keladi: KXDR 1:2 O‘zbekiston
Sports.uz sayti esa mazkur bellashuv 1:3 hisobida O‘zbekiston foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Fikrlar